Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
Vaziyatga huquqiy baho berish
19-KAZUS Toshkent shahri adliya boshqarmasi tomonidan 2015-yil 3-mayda fuqaro O.ga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berilgan. Fuqaro O. ushbu litsenziya asosida “REAL PROTECT” advokatlik byurosini tashkil qilib, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanib keladi. Advokat O.ning xizmatidan foydalangan fuqaro F. 2019-yilning yanvar oyida Advokatlar Palatasiga advokat O.ning ustidan shikoyat qiladi. Fuqaro F. o‘z shikoyatida advokat O. 2017-yilda fuqaro F.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, unga bepul yuridik yordam ko‘rsatish haqida shartnoma tuzgan bo‘lsada, ko‘rsatgan xizmati uchun undan uning turmush o‘rtog‘i M. orqali dastlab 5.000.000 so‘m, keyinchalik bo‘lib-bo‘lib 6.000.000 so‘m pul mablag‘larini olib, advokatura tizimi kassasiga kirim qilmaganligi, shuningdek, advokat O. fuqaro F.ning turmush o‘rtog‘i M. bilan shaxsiy munosabatga kirishib, u bilan telefon orqali turli mazmundagi, axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan yozishmalar yozishib, shaxsiy maqsadlari yo‘lida uchrashib, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari buzilishiga, oqibatda ularning oilasi buzilib, ajrashib ketishlariga sabab bo‘lganligini ko‘rsatib o‘tadi. Advokatlar palatasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan fuqaro F.ning shikoyati asosida advokat O.ning xatti-harakatlariga nisbatan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, Malaka komissiyasining 2019-yil 1-martdagi 4-sonli majlis bayonnomasi asosida qabul qilgan qarori bilan, advokat O.ga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atilib, unga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani amal qilish muddatini tugatish masalasini ko‘rib chiqish uchun Advokatlar Palatasi Oliy malaka komissiyasiga murojaat qilish belgilanadi. Advokat O.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan intizomiy ish Oliy malaka komissiyasining 2019-yil 19-martdagi majlisida ko‘rib chiqilib, advokat O.ning xatti-harakatlarini advokaturaning nufuziga va advokatning shaxsiy qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi harakat sifatida baholanib, unga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani amal qilish muddatini tugatish masalasini hal qilish uchun Adliya vazirligiga yuborish haqida xulosa qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi arizachi sifatida sudga advokat O.ga advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani amal qilish muddatini tugatishni so‘rab ariza bilan murojaat qiladi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling