Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus


Vaziyatga huquqiy baho berish


Download 26.89 Kb.
bet3/11
Sana12.02.2023
Hajmi26.89 Kb.
#1191420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UZB

Vaziyatga huquqiy baho berish


5-KAZUS
Andijon viloyati Asaka tuman hokimiyatiga Fuqaro G. ariza bilan murojaat qilib, unda Andijon shahar “Muruvvat uyi”da yashab kelayotgan 1970-yil 11-sentyabr kuni tugʼilgan akasi muomala layoqati cheklangan А.ga nisbatan uni vasiy etib tayinlashni soʼraydi.
Tuman hokimining 2019-yil 21-yanvardagi 1550-sonli xati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentyabrdagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʼgʼrisida”gi nizomga koʼra Muruvvat uyida istiqomat qilayotgan muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilishni taʼminlashni tashkil etishda faqat yordam koʼrsatishlari belgilanganligini, nizomning 2-bandida, vasiylik va homiylik faoliyati sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarga nisbatan - tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan amalga oshirilishini arizachiga maʼlum qilinadi.
Fuqaro G. Andijon viloyati Asaka tuman hokimiyati mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari harakatlari gʼayriqonuniy deb topish va tuman hokimiyati zimmasiga uni akasi S.ga vasiy etib tayinlash majburiyatini yuklatishni soʼrab maʼmuriy sudga murojaat qiladi.

Vaziyatga huquqiy baho berish




6-KAZUS
Fuqaro B.Olimov 2022-yil 10-mart kuni pensiya tayinlashni so’rab Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Norin tuman bo‘limiga murojaat qildi. 2022-yil 18-mart kuni Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Norin tuman bo‘limi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasi tomonidan B.Olimovning mehnat daftarchasida 1995-yil 3-apreldan 2005-yil 18-noyabrga qadar Norin bog’dorchilik davlat xo’jaligining issiqxonasida ishlaganligi to’g’risidagi yozuv mavjud bo’lsa-da, lekin shu ishlagan davr uchun ish haqi kitoblari saqlanmaganligi sababli hisobga olinmadi va pensiya tayinlash rad qilindi. Bundan norozi bo’lgan B.Olimov Norin tuman Adliya bo’limiga murojaat qildi va Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Norin tuman bo‘limi tomonidan o’zining vajlari tinglanmasdan pensiya tayinlash rad etilganligini ta’kidladi.

Download 26.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling