Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho berish 8-KAZUS
Vaziyatga huquqiy baho berish
7-KAZUS 2020-yil 25-mart kuni Samarqand shahar hokimi D.Karimovning 140-Q-son qarori billan “New Build” MCHJga Samarqand shahar Qorasuv massivida beshta ko‘p qavatli uy, jami 364 ta xonadon qurilishi uchun yer ajratilgan. Ushbu qarorga asosan qurilish ishlari boshlangan va MCHJ hamda xaridorlar bilan tuzilgan shartnomada qurilayotgan uylarni 2022-yil 31-dekabr kuniga qadar topshirish kerakligi belgilangan. Samarqand shahar hokimi D.Karimov 2021-yilda shahar hokimi lavozimidan ozod etilib, Samarqand shahar prokurori etib tayinlangan hamda 2022-yil 6-fevralda o’zining hokim sifatida qabul qilgan qarorini haqiqiy emas deb topishni so’rab protest keltirgan. Shahar prokurorining protestida aytilishicha, “New Build” MCHJga hokimning qarori bilan ajratilishi belgilangan qoidalarga zid bo‘lgan, yer auksion orqali o‘ynalishi kerak bo‘lgan. 2022-yil 28-mart kuni Samarqand tumanlararo ma’muriy sudi shahar prokurorining protestini qanoatlantirgan. Bundan norozi bo’lgan, xaridorlar Samarqand viloyat hokimiyatiga murojaat qilishdi. Vaziyatga huquqiy baho berish 8-KAZUS “Vatan” jamoat birlashmasi ta’sis konferensiyasida mazkur jamoat birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jamoat birlashmasi raisi viloyat adliya boshqarmasida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni yigʻishni boshladi. Yig‘ilgan hujjatlar pochta orqali Adliya boshqarmasiga yuborildi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib Adliya boshqarmasidan “Vatan” jamoat birlashmasi ta’sischilari haqida ma’lumot yo‘qligi sababli uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgani haqida xat kelib tushdi. Bundan tashqari, ushbu xabarda ma’lum bo’lishicha, adliya boshqarmasi xodimlari jamoat birlashmasi siyosiy maqsadlarda tashkil etilayotgani haqida shubhalanishgan. Jamoat birlashmasining muassislari davlat organining ushbu qaroridan norozi bo‘lib, adliya boshqarmasi xodimlarining ushbu jamoat birlashmasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish qonunga xilof deb hisoblab, Adliya vazirligiga ariza bilan murojaat qilishdi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling