Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho berish 16-KAZUS
Vaziyatga huquqiy baho berish
15-KAZUS Fuqaro Soto Gari 2020-yil 28-dekabr kuni lombard faoliyati va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun zarur hujjatlar bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Ariza beruvchining hujjatlari Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqilayotgan paytda qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilib, mazkur faoliyat turi uchun litsenziya olish talabini bekor qiluvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Arizachiga ushbu o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida xabardor qilinib, unga lombard faoliyati uchun litsenziya talab qilinmasligi to’g’risida tushuntirish berildi. Arizachi Markaziy bank uning arizasini rad etgani va litsenziya berishdan bosh tortgani uchun sudga murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho berish 16-KAZUS Toshkent viloyati Toshkent tuman hokimiyati hamda “GREEN AGRO” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 2015-yil 8-oktabrdagi fermer xo‘jaligi tomonidan 2013- yil 21-maydagi 175-sonli qaror asosida tuzilgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasiga ko‘ra Toshkent tumani Alpomish qishloq fuqarolar yig‘ini hududida mavjud bo‘lgan 55 ga. yer maydonidan arizachi “GOLD AGRO BEST” fermer xo‘jaligi 30 yil muddatga berilgan ijara huquqi asosida foydalanib keladi. Keyinchalik 2019-yil 10-yanvarda Toshkent tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari kengashi tomonidan, “GREEN AGRO” fermer xo‘jaligining 2016-2018-yillar davomidagi faoliyati tahlil qilinib, fermer xo‘jalik tomonidan ajratilgan yer uchastkasi belgilangan tartibda foydalanilmayotgani, agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmasligi oqibatida, dala yer maydoni tashlandiq holatga kelgani, fermer xo‘jaligi rahbari tuman rahbarlari ishtirokida o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda muntazam ravishda ishtirok etmasligi holatlari aniqlanib, bu xususida dalolatnoma tuziladi. Yuqorida qayd etilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan holatlar Toshkent tuman hokimligi huzuridagi Yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Komissiyaning 2019-yil 18-yanvardagi yig‘ilish bayonnomasi asosida, “GREEN AGRO” fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan uzoq muddatli yer ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qilish haqida xulosa berish va “GREEN AGRO” fermer xo‘jaligining foydalanishida bo‘lgan yer maydonlarini tuman zaxira yerlari hisobiga qaytarish yuzasidan xulosa berish haqida qaror qabul qilinadi. Komissiya tomonidan ish ko‘rib chiqilishida “GREEN AGRO” fermer xo‘jaligi rahbari Yer uchastkalarini ajratish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasi rahbarining unga nisbatan adovati borligi, undan yerni tortib olib o‘zining yaqin do‘stiga olib bermoqchiligini, “Fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa egalari kengashi” tomonidan asossiz maʼlumotlarga tayanib dalolatnoma tuzilganini taʼkidlashiga inobatga olinmasdan va majlis bayoniga kiritilmasdan majlis xulosasi to‘g‘risidagi qaror tasdiqlatlishi uchun Xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashiga yuboriladi. Shunga ko‘ra, Toshkent viloyati Toshkent tuman hokimining 2019-yil 27- yanvardagi 175-sonli qarori bilan, Xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashining 2019-yil 23-yanvardagi 12/6 sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinib, Toshkent tuman hokimligi va “GREEN AGRO” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 20 ga sug‘oriladigan yerlar, 0,35 ga. yaylov va o‘tloq, 0,30 ga ariq, kanal va zovurlar, 0,05 ga. yo‘llar, 0,20 ga. boshqa yerlarga nisbatan uzov muddatli ijaraga olish shartnomasi bekor qilinadi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling