Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
Vaziyatga huquqiy baho berish
9-KAZUS O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi “Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini borishi to‘g‘risida”gi 01-06/124-7-sonli sayyor yig‘ilish bayonnomasiga asosan “Osmondagi oy” MChJga Toshkent shahar Yunusobod tumani, 31-mavze, 45-uy oldida joylashgan temir garajlarni buzish va yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash sharti bilan, tarkibida yordamchi bino va savdo majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun maydoni 0,15 gektarli yer doimiy foydalanish uchun ajratilishi belgilandi. Shunga ko‘ra, mazkur bayonnomaning ijrosini taʼminlash maqsadida Yunusobod tuman hokimining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qarori bilan “Osmondagi oy” MChJga Toshkent shahar Yunusobod tumani, 31-mavze, 45-uy oldida joylashgan temir garajlarni buzish va yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash sharti bilan tarkibida yordamchi bino va savdo majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun maydoni 0,15 gektarli yer (chegara rejasiga muvofiq) doimiy foydalanishga ajratib berildi. Toshkent shahar prokurori tomonidan 2019-yil 16-yanvarda mazkur qaror noqonuniy qabul qilingani bois, uni bekor qilish haqida protest kiritildi. Protestda, Yunusobod tuman hokimining 14.03.2018 yildagi 200-sonli qarori bilan “Osmondagi oy” MChJga Toshkent shahar Yunusobod tumani, 31-mavze, 45-uy oldida joylashgan 0,15 gektarli yer maydonini doimiy foydalanishga ajratib berishda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi sayyor yig‘ilish bayonining 2-ilovasida Yunusobod tumani 31-mavze, 45-uy oldida 0,05 gektarli yer maydoni ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lsada, shaharsozlik normalari va qoidalarining 2.07.01-03 qismi 21.1 bandiga zid ravishda boshqa yer maydoni ajratilgani, “Iskovot” mahallasida yashovchi aholi bilan ushbu hududda yordamchi bino va savdo majmuasi joylashgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish rejasi keng muhokama qilinmagani, ushbu obʼektni haqiqatdan ham zarurligi haqida fuqarolar fikri olinmagani, qurilish loyihasi va investor haqida tegishli maʼlumotlar to‘planib, keng aholi eʼtiboriga yetkazilmagani vaj qilib keltirildi. Yunusobod tuman hokimiyati tomonidan Toshkent shahar prokurorining tuman hokimining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qarorini bekor qilish haqidagi protesti mazkur qaror bilan yerdan foydalanish huquqi belgilangan manfaatdor “Osmondagi oy” MChJning ishtirokisiz, Toshkent shahar prokurorining protesti nusxasi manfaatdor shaxsga taqdim etilmagan holda, bir taraflama va tegishli tartibda bayonnoma yuritilmagan ko‘rib chiqilib tuman hokimining 2019-yil 25-yanvardagi qarori bilan tuman hokimining 2018-yil 14-martdagi 200-sonli qarori bekor qilinadi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling