343-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi
Agar ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilib yoki bekor qilinib, da’voni to‘liq yoki qisman rad etish
to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki da’vo ko‘rmasdan
qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha da’vogar foydasiga
undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, da’voni to‘liq yoki qisman rad
etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoki da’vo ko‘rmasdan
qoldirilsa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha undirishni to‘liq
yoxud qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
342
,
344-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil
5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan
protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
18-bandi
.
344-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilish
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala ilgari qabul qilingan sud hujjatini bekor
qilish yoki o‘zgartirish haqida yangi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan hal etiladi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorda uning qaytarma ijrosi
to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran
yigirma kunlik muddatda, taraflar chaqirtirilmasdan va sud muhokamasisiz sud majlisida ko‘rib
chiqiladi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjati ijro
etilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim
chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan
pul mablag‘larini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
342
,
343-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil
5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan
protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
18-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |