O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

36-modda. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Yuridik shaxslar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar qarzdor davlat ro‘yxatidan
o‘tgan joydagi sudda ko‘riladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 
5

35

45-moddalari
, mazkur
Kodeksning 
210-moddasi
.
37-modda. Alohida sudlovga tegishlilik
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’volar, ko‘chmas mulk
haqidagi nizolar, shu jumladan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsning g‘ayriqonuniy egaligidan talab
qilib olish to‘g‘risidagi yoxud mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari
egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilishini bartaraf etish haqidagi va


ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi boshqa da’volar ko‘chmas mulk joylashgan erdagi
sudga taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
206 — 209-moddalari
.
Tashuvchiga nisbatan yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish shartnomalaridan kelib
chiqadigan da’volar, shu jumladan, agar javobgarlardan biri tashuvchi bo‘lsa, transport
tashkilotining organi joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi joylashgan
erdagi iqtisodiy sudga beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 224-moddasi ikkinchi qismining 
3-bandi
.
Hakamlik sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi, shuningdek
hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza
hakamlik sudi joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi yoxud agar qarzdor
davlat ro‘yxatidan o‘tgan joy noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga
beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 229-moddasi ikkinchi qismining 
3-bandi
.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini
tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar
qabul qilish, dalillarni olishga ko‘maklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish
to‘g‘risidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi iqtisodiy sudga beriladi.
Ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni
ta’minlash choralarini ko‘rish to‘g‘risidagi ariza arbitraj joylashgan erdagi yoki qarzdor davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy noma’lum
bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi.
Korporativ nizolar bo‘yicha da’volar ushbu Kodeksning
30-moddasida 
ko‘rsatilgan yuridik
shaxs joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi.
Qarshi da’volar dastlabki da’vo ko‘rilayotgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling