O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
2-§. Sudlovga tegishlilik
32-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi Sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘riladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari: taraflardan biri O‘zbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi bo‘lgan ishlarni; arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni; chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli. Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘riladi. 1 2 33-modda. Sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari Yuridik shaxslarga nisbatan da’volar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi . Yuridik shaxslarga nisbatan ularning alohida bo‘linmalari faoliyatidan kelib chiqadigan da’volar alohida bo‘linmalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi . Fuqarolarga nisbatan da’volar ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling