O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishda prokurorning ishtiroki


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

49-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga
tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar
sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki
ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining
barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi)
asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari
bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning
boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir
da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.
Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim
etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga
oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni
mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan
da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
50-modda. Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik
shaxslarning, fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini himoya qilish maqsadida da’vo arizasi (ariza) taqdim etishi mumkin. Da’vo taqdim
etgan mazkur organlar va shaxslar da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning
majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi
mustasno.
Davlat organi va boshqa shaxsning o‘zi taqdim etgan da’vo arizasidan (arizadan) voz kechishi
da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Davlat organi va boshqa shaxs tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida
taqdim etilgan da’vo arizasidan (arizasidan) da’vogarning (arizachining) voz kechishi da’vo arizasini


(arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
41-moddasi
, 118-moddasining 
yettinchi qismi
, 173-moddasining
to‘rtinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining 
to‘qqizinchi xatboshisi
, O‘zbekiston
Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 25-moddasining 
ikkinchi qismi
,
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 
11-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi
birinchi qismining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi
Qonuni 12-moddasi birinchi qismining 
o‘n oltinchi xatboshisi
, 13-moddasi birinchi qismining 
o‘n uchinchi
xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling