O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

45-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish
Sud da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligini
aniqlasa, ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogarning
roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Agar da’vogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi bo‘lmasa, sud bu shaxsni
da’vogarning roziligi bilan ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganligi to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganidan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
41 — 44-moddalari
.
46-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Taraflardan biri nizoli yoki sud hujjati bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan
hollarda (yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz
kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi, fuqaroning o‘limi va majburiyatlardagi shaxslar
o‘zgarishining boshqa hollarida) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtiradi.
Huquqiy vorislik iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi
mumkin.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Tarafni huquqiy voris bilan almashtirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilganidan keyin iqtisodiy sud ishlarini yuritish almashtirish
amalga oshirilgan bosqichning o‘zidan davom ettiriladi.
Huquqiy voris ishga kirishguniga qadar sud protsessida amalga oshirilgan barcha harakatlar
huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy
voris uchun ham shu darajada majburiy bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
40 — 45-moddalari
, 101-moddasi birinchi qismining 
3-bandi
, 110-
moddasi birinchi qismining 
5-bandi
, 273-moddasi birinchi qismining 
7-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling