O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

47-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi
shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar birinchi
instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning
barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan
javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati
mustasno.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs ishga
sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi


Qarang: Qarang: Mazkur Kodeksning 
40 — 45-moddalari
, 173-moddasining 
uchinchi qismi
.
48-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan
uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorini qabul qilguniga qadar, agar ish ushbu shaxslarning
taraflardan biriga nisbatan huquq yoki majburiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, da’vogar
yoxud javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular tarafning iltimosnomasiga yoki sudning
tashabbusiga ko‘ra ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
tarafning protsessual huquqlaridan foydalanadi va uning protsessual majburiyatlarini o‘z
zimmasiga oladi, bundan da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining
miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vodan voz kechish, da’voni tan olish yoxud kelishuv
bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish, qarshi da’vo taqdim etish, sud hujjatining majburiy ijro etilishini
talab qilish huquqi mustasno.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsni ishda
ishtirok etishga jalb qilish yoki jalb qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs
ishga sud muhokamasi boshlanganidan keyin kirishsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
40 — 45-moddalari
, 173-moddasining
 uchinchi qismi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling