41-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z zimmalariga
yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan alohida toifadagi
ishlar bo‘yicha arizachilar hamda boshqa manfaatdor shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb
e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
43
,
47 — 50-moddalari
.
42-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish,
ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida ariza berish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda
ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, sudga og‘zaki va yozma
tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z
vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari,
vajlariga e’tiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu
Kodeksda o‘zlariga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 22-moddasining
uchinchi qismi
,
80
,
93-moddalari
, 160-moddasining
birinchi
qismi
,
259
,
270-moddalari
, 275-moddasining
birinchi qismi
,
282
,
293-moddalari
, 298-moddasining
birinchi
— uchinchi qismlari
, 311-moddasining
birinchi qismi
.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga
ega va ular o‘zlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 22-moddasining
birinchi qismi
,
47-moddasi
, 48-moddasining
ikkinchi qismi
,
49-moddasining
oltinchi qismi
, 50-moddasining
birinchi qismi
, 68-moddasining
birinchi qismi
, 69-
moddasining
uchinchi — yettinchi qismlari
,
129
,
136
,
150-moddalari
, 167-moddasining
birinchi — beshinchi
qismlari
,
220-moddasi
, 239-moddasining
birinchi qismi
.
Korporativ nizoda ishtirok etayotgan taraflar bir-biridan va guvohlardan sudda ko‘rilayotgan
ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni so‘rab olish huquqiga ega, bundan davlat
sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |