34-modda. Da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik
Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan da’volar da’vogarning tanlashi
bo‘yicha javobgarlardan biri davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan joyi noma’lum bo‘lgan javobgarga nisbatan da’volar uning mol-
mulki joylashgan erdagi yoki uning ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan eridagi sudga taqdim etilishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan va boshqa davlat hududida turgan javobgarga
nisbatan da’volar da’vogar joylashgan erda yoki javobgarning mol-mulki joylashgan erda taqdim
etilishi mumkin.
Ijro etish joyi ko‘rsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan da’volar majburiyat ijro etiladigan
joy bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.
Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’volar javobgar
joylashgan erdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’volar, shuningdek tovar va moliya
bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar javobgar joylashgan
erdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga
taqdim etilishi mumkin.
35-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarning
sudlovga tegishliligi
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar arizachi davlat ro‘yxatidan
o‘tgan joydagi sudda ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 46-moddasining
uchinchi qismi
.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun
yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar ko‘chmas mulk joylashgan
erdagi sudda ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
37
,
204
,
205-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |