51-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar
Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bilan bir qatorda odil sudlovni
amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar — guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar
ishtirok etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
53
,
55
,
57
,
59-moddalari
.
52-modda. Sud majlisining kotibi
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig‘i bo‘yicha ishlarni sud
muhokamasiga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi
shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-
kelmaganligini tekshiradi, kelmaganlik sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga ma’lum
qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar bo‘yicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan
boshqa barcha topshiriqlarini bajaradi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan
vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 4-moddasining
to‘rtinchi qismi
,
21
,
202-moddalari
.
53-modda. Guvoh
Sudning nizoni to‘g‘ri hal etishi uchun ahamiyatga ega ma’lumotlar va holatlardan xabardor
har qanday shaxs guvoh bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emas:
fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar,
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar — vakil, himoyachi,
advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar
to‘g‘risida;
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari,
hakamlik sudyalari — arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan
holatlar to‘g‘risida;
jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni to‘g‘ri idrok qilishga
yoki ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
54
,
88
,
117-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 03.07.1992-yildagi
“Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash
tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
Do'stlaringiz bilan baham: |