O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

69-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Agar sud mavjud dalillar yetarli emas deb hisoblasa, ishning obyektiv holatlarini aniqlash va
nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha dalillarni taqdim etishni taklif
qilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 68

70 — 79-moddalari
, 163-moddasining birinchi qismining
4-
bandi
.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur
dalilni mustaqil olish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘sha dalilni talab qilib olish to‘g‘risida sudga
iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli
qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi ko‘rsatilishi
zarur.
Dalilni talab qilib olish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim
chiqariladi.
Dalilni talab qilib olish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi ajrimda talab
qilinayotgan dalilni taqdim etish muddati va tartibi ko‘rsatilib, ajrim sud tomonidan talab
qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga yuboriladi.
Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga
topshirish uchun tegishli ajrimni taqdim etgan shaxsga beradi.
Agar shaxs sud talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki sud
belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u shu muddat ichida bu haqda sudni sabablarni
ko‘rsatgan holda xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
17-bandi
.
Dalilni saqlayotgan shaxs talab qilinayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini sud uzrsiz deb
topgan sabablarga ko‘ra bajarmagan taqdirda, uni saqlayotgan shaxsga ushbu Kodeksning 
14-
bobida 
belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
Talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni sudga taqdim etish
majburiyatidan ozod qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil
20-iyundagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling