O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

59-modda. Tarjimon
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda
sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning boshqa
ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham tarjimon vazifalarini o‘z zimmasiga
olishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 
10

21

51

60

117-moddalari
.
60-modda. Tarjimonning huquq va majburiyatlari
Tarjimon: tarjimani aniqlashtirish uchun sud majlisi ishtirokchilariga savollar berish; agar
tarjima qilish uchun tegishli bilimga ega bo‘lmasa, sud muhokamasida ishtirok etishni rad qilish;
sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish; tarjima yozuvlarining yozilishi to‘g‘riligi xususida e’tirozlar
taqdim etish huquqiga ega.
Tarjimon:
sud chaqiruvi bo‘yicha kelishi;
tarjimani aniq, to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirishi;
sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Tarjimon bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun jinoiy javobgar bo‘ladi, sud tomonidan bu
haqda ogohlantirilib, undan tilxat olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 
59

117-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 238-
moddasining 
birinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining 03.07.1992-yildagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar,
ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari
to‘g‘risida” gi 
Qonuni
.
2-§. Sudda vakillik
61-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan
vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) vakillari yuritadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
45-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 
57-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar
to‘g‘risida”gi Qonunining 
29-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
18-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 
14-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
“Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 
9-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi
(shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 
10-moddasi
.
Fuqarolar o‘z ishlarini sudda shaxsan o‘zlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir.
Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish bo‘yicha vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum
qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 62-moddasining 
birinchi qismi
.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka
olganlar, vasiylar yoki homiylar) himoya qiladi. Qonuniy vakillar sudda ish yuritishni o‘zlari tanlagan
vakilga topshirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksi 
65-moddasi
.
Agar qonunda bu bevosita nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilar shartnoma bo‘yicha
(ixtiyoriy) vakillar bo‘lishi mumkin:
1) advokatlar;


2) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;
3) notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari — shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;
4) qonunda boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan
notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari;
5) birgalikdagi protsessual ishtirokchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning
topshirig‘i bo‘yicha;
6) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosiga binoan sud tomonidan ruxsat berilgan
boshqa shaxslar.
Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish bo‘yicha professional faoliyat bilan faqat advokatlar
shug‘ullanishi mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling