O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

7-bob. Dalillar va isbotlash
66-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Ish bo‘yicha dalillar ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan
faktlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lib, ular asosida sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va
e’tirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan
boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar yozma va
ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari),
guvohlarning ko‘rsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksining 
75

77

86 — 89-moddalari
.
67-modda. Isbotlash
Isbotlash ishni mazmunan ko‘rish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash
maqsadida dalillarni to‘plash, tadqiq etish, tekshirish va baholashdan iboratdir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksining 
67 — 79-moddalari
.
68-modda. Isbotlash majburiyati
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan
holatlarni isbotlashi kerak.
Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash (bundan buyon
matnda huquqiy ta’sir choralari deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda huquqiy
ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ
zimmasiga yuklatiladi.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan dalillarni
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldida, agar ushbu Kodeksda boshqacha tartib
belgilanmagan bo‘lsa, sud majlisi boshlanguniga qadar yoki sud belgilagan muddat doirasida
ochib berishi lozim.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan
tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli.
Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni o‘zida ushlab turgan va sud so‘rovi bilan
belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar shu taraf manfaatlariga
qarshi qaratilgan deb taxmin qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Qarang: mazkur Kodeksning
66

67

69 — 79-moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar


tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi qarori 20-bandining 
birinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul
qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarorining 
28-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 
4-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling