O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74-modda. Dalillarga baho berish
72-modda. Dalillarning maqbulligi
Qonunchilikka muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan ish holatlari boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas. 73-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari Ishning iqtisodiy sud tomonidan hammaga ma’lum deb topilgan holatlari isbotlashga muhtoj emas. Iqtisodiy sudning ilgari ko‘rilgan ish bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar sud xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa ishni ko‘rayotganida yangidan isbot qilinmaydi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi . Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan iqtisodiy sud uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo‘lgan holatlarga doir masalalar bo‘yicha majburiydir. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha iqtisodiy sud uchun majburiydir. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.06.2010-yildagi 210-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi . 74-modda. Dalillarga baho berish Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to‘liq va xolis ko‘rib chiqishga asoslangan o‘z ichki ishonchi bo‘yicha baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yig‘indisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to‘g‘ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi. Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo‘yilgan kuchga ega emas. Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko‘chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo‘qotilgan va sudga topshirilmagan bo‘lsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko‘chirma nusxalari o‘zaro bir xil bo‘lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo‘lmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 66 — 73 , 75 — 79-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling