O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

87-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)
Mutaxassis maslahatni (tushuntirishni) sudga og‘zaki yoki yozma shaklda beradi.


Mutaxassisning yozma shaklda berilgan maslahati sud majlisida o‘qib eshittiriladi, tekshiriladi
va ishga qo‘shib qo‘yiladi. Og‘zaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning)
bayonnomasiga kiritiladi.
Mutaxassisning maslahatini oydinlashtirish va to‘ldirish maqsadida savollar berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur kodeksning 
21

57

58-moddalari
.
88-modda. Guvohning ko‘rsatuvlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha sud guvohni sud majlisida
ko‘rsatuvlar berish uchun chaqirtirishi mumkin.
Guvohni chaqirish haqida iltimos qiluvchi shaxs ish uchun ahamiyatga molik qaysi holatlarni
guvoh tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatishi va uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyini
sudga ma’lum qilishi shart.
Guvoh ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar va holatlarni sudga og‘zaki xabar qiladi.
Guvoh sudning taklifiga ko‘ra o‘z ko‘rsatuvlarini yozma shaklda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh o‘zi bilgan ma’lumotlarning manbaini ko‘rsatib bera olmasa, u xabar qilgan
ma’lumotlar dalil hisoblanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
53

54

117-moddalari
.
89-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli bo‘lgan o‘zlariga ma’lum holatlar
to‘g‘risidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan birga baholanishi lozim. Ishda
ishtirok etuvchi shaxs sudning taklifiga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini yozma shaklda bayon qilishi
mumkin.
Boshqa shaxs o‘z talablarini yoki e’tirozlarini asoslayotgan faktlarning ishda ishtirok etuvchi
shaxs tomonidan tan olinishi sud uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zo‘rlik ishlatish,
qo‘rqitish, chalg‘itish ta’sirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganligiga sudda shubha
tug‘ilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
40 — 46-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling