O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

90-modda. Dalillarni ta’minlash
Zarur dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun
asosi bo‘lgan shaxslar ishni o‘z yuritishiga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni ta’minlash to‘g‘risida
iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, tasdiqlanishi
uchun ushbu dalillar zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma
bilan murojaat qilishga undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 
96-moddasida 
nazarda tutilgan
tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
66 — 79-moddalari
, 104-moddasining 
ikkinchi qismi
.
91-modda. Sud topshiriqlari
Ishni ko‘rayotgan sud boshqa tuman yoki shahar hududidagi dalillarni olish zarur bo‘lgan
taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi,
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi kerak bo‘lgan dalillar
ko‘rsatiladi.
Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va u ajrim olingan
paytdan e’tiboran o‘n besh kungacha bo‘lgan muddatda bajarilishi kerak.
 LexUZ sharhi


Qarang: mazkur Kodeksning 
92

247-moddalari
.
92-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘i ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida bajariladi. Ishda
ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi
majlisni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud topshirig‘ining ijrosi to‘g‘risida ajrim chiqarilib, u ishni ko‘rayotgan sudga darhol barcha
materiallar bilan birga yuboriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, sud topshirig‘ini bajargan sudga tushuntirish yoki ko‘rsatuvlar
bergan guvohlar ishni ko‘rayotgan sud majlisida o‘zlari ishtirok etgan taqdirda, umumiy tartibda
tushuntirishlar va ko‘rsatuvlar beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
91

247-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 283-sonli Qarorining 
4-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling