O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

97-modda. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Da’voni ta’minlash chorasini almashtirish ishni ko‘rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok
etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.
Da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida hal etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 
127-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda
sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni
ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari
bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Da’voni ta’minlash chorasini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish to‘g‘risidagi
ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat (protest) berilishi ajrimning
ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.
Pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’voni ta’minlashda javobgar da’voni ta’minlash
bo‘yicha belgilangan choralarni qo‘llash o‘rniga sudning depozit hisobvarag‘iga da’vogar talab
qilayotgan summani o‘tkazib qo‘yishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
93 — 96

98 — 100-moddalari
.
98-modda. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimni ijro etish
Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrim sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda
darhol ijro etiladi.
Da’voni ta’minlash choralarini ijro etish majburiyati sud tomonidan zimmasiga yuklatilgan
shaxsga da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimni ijro etmaganlik uchun ushbu Kodeksning 
14-bobida
belgilangan tartibda sud jarimasi solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
 93 — 97

99

100-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismining 
1-bandi
, 22 -
moddasining 
ikkinchi qismi
, 30-modda ikkinchi qismining 
uchinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling