100-modda. Da’voni ta’minlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Da’voni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin javobgar
da’vogardan da’voni ta’minlash tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashni o‘sha sudda
da’vo taqdim etish yo‘li bilan talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
14-moddasi
.
9-bob. Ish yuritishni to‘xtatib turish
101-modda. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish majburiyati
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to‘xtatib turishi shart:
1) mazkur ishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud,
jinoyat ishlari bo‘yicha sud, ma’muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilayotgan boshqa ish
yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul
qilinguniga qadar ko‘rish mumkin bo‘lmaganda;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2012-yildagi 238-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining
beshinchi xatboshisi
.
2) javobgar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida
bo‘lganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismidagi da’vogar-
fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy
munosabatlar huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ysa;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
46-moddasi
.
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo‘lgan fuqaro muomala layoqatini yo‘qotganda;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
30-moddasi
.
5) taraf sud tomonidan tan olinishi va ijroga qaratilishi to‘g‘risida ko‘rilayotgan chet davlat
sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini bekor qilish yoki uning ijrosini to‘xtatib turish haqida
vakolatli organga iltimosnoma berganda;
6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
102 — 107-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi 142-sonli
“Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi qarorining
20-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |