O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish tartibi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

108-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish tartibi
Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi,
davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
107

109-moddalari
.
109-modda. Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish oqibatlari
Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar bartaraf
etilganidan keyin da’vogar sudga da’vo arizasi bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga
haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
107

108-moddalari
.
11-bob. Ish yuritishni tugatish
110-modda. Ish yuritishni tugatish asoslari
Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:
1) ish sudga taalluqli bo‘lmasa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
111-moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi 142-sonli
“Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi qarori 6-bandining 
uchinchi xatboshisi
, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.11.2010-yildagi 220-sonli
“Mulk huquqini tan olishga oid ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan qonun hujjatlari
qo‘llanilishining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
5-bandi
, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 15.06.2012-
yildagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda qonun
hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
21-bandi
, Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
20.06.2014-yildagi 261-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining
 ikkinchi xatboshisi
.
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni
bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan
2
3


qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat
sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi 142-sonli
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarori 24-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
3) hakamlik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir
asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan
iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro
varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
3 ) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo
yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud
arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno;
4) ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01. 2006-yildagi 142-sonli
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llashning ayrim
masalalari haqida”gi qarori 24-bandining 
uchinchi xatboshisi
.
5) ishda taraf hisoblangan fuqaroning o‘limidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy
vorislikka yo‘l qo‘ymasa;
6) da’vogar da’vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;
7) kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
130 — 134-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil
18-dekabrdagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
15-bandi
.
8) da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya
etmagan bo‘lsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda
tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 148-moddasining
 ikkinchi qismi
.
9) to‘plangan materiallar yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli
bo‘lmasa.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 237-moddasining 
birinchi qismi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling