O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

111-modda. Ish yuritishni tugatish tartibi va oqibatlari
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
195-moddasi
.
Sud ajrimda ish yuritishni tugatish asoslarini ko‘rsatadi, shuningdek ushbu Kodeks 110-
moddasining 
1-bandida 
nazarda tutilgan holda davlat bojini budjetdan qaytarish va sud
xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masalalarni hal qiladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
259
,
 282

307-moddalari
.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va
ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12-bob. Sud xarajatlari
112-modda. Sud xarajatlarining turlari
1


Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
15-bandi
.
113-modda. Davlat boji
Davlat bojini to‘lash asoslari va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash,
to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi 180-son
“Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi 
Qarori
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling