O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

15-bob. Sud xabarnomalari va chaqiruvlari
127-modda. Sud xabarnomalari va chaqiruvlarini yuborish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida sud ajrimi orqali
xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki
ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini
ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi. Iqtisodiy sud ishlarini


yuritishning boshqa ishtirokchilari ajrim orqali, zarur hollarda esa sud chaqiruv qog‘ozlari,
telegrammalar, fakslar, teletayplar hamda boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga
chaqiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 52-moddasining 
birinchi qismi

128

129-moddalari
, 133-moddasining 
birinchi
,
ikkinchi qismlari
.
128-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish
Agar sud iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi o‘ziga yuborilgan ajrimning ko‘chirma
nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi
to‘g‘risida sud majlisi boshlanguniga qadar ma’lumotlarga ega bo‘lsa, ushbu ishtirokchi tegishli
tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli
tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:
ajrim yo‘llangan shaxs ajrimning ko‘chirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish
qayd etilgan bo‘lsa;
sud tomonidan yuridik shaxsning sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi joylashgan eri (pochta
manzili), fuqaroning yashash joyi bo‘yicha yuborilgan ajrimning ko‘chirma nusxasi oluvchi
ko‘rsatilgan manzilda yo‘qligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor
qilgan bo‘lsa;
ajrimning ko‘chirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik
faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan e’tiboran uch
kun o‘tgan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
127

129-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling