14-bob. Sud jarimalari
125-modda. Sud jarimalarini solish
Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 58-moddasining
uchinchi qismi
, 69-moddasining
sakkizinchi qismi
,
126-
moddasi
.
Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, yuridik shaxslarga bazaviy
hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi.
Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va boshqa
organlarning, tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy
mablag‘laridan undiriladi.
Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi.
126-modda. Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi
Sud majlisida hozir bo‘lgan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala shu sud
majlisida hal etiladi.
Sud majlisida hozir bo‘lmagan shaxsga nisbatan sud jarimasini solish haqidagi masala boshqa
sud majlisida hal etiladi. O‘ziga nisbatan sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxs
sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning
127-moddasida
nazarda tutilgan tartibda
xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi sud jarimasi solish
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud jarimasi solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi jarima solingan shaxsga
yuboriladi.
Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sud jarimasini solish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi ajrimning ijrosini
to‘xtatib qo‘ymaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Qarang: mazkur Kodeksning
125-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy sud
ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining
122-123-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |