O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

118-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga
mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi.
Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud
xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu
boshqa taraf hisobidan qoplanadi.
Da’vogar to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj
to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan da’vo talablari miqdoriga mutanosib ravishda
javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki
shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish
(talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni jo‘natmaslik) oqibatida yuzaga kelgan
bo‘lsa, sud ishning natijasidan qat’i nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga
haqli.
Da’vogarning talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy
ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.
Agar da’vogar tomonidan bildirilgan neustoykani undirish haqidagi talab asosli bo‘lib, biroq
uning miqdori qonunchilikda belgilangan huquqdan foydalanilgan holda sud tomonidan
kamaytirilgan bo‘lsa, sud xarajatlarining kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim


bo‘lgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga
yuklatilishi lozim.
Davlat boji to‘lashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan
yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab taqdim etilgan da’vo talablarini
qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari
ko‘zlanib da’vo taqdim etilgan shaxslardan da’vo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga
mutanosib ravishda undiriladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuviga ko‘ra,
sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi 204-sonli
“Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun normalarining qo‘llanilishiga
oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
17-bandi
.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya, kassatsiya shikoyati berish bilan bog‘liq holda
qilgan sud xarajatlari ushbu moddada bayon etilgan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling