114-modda. Da’voning bahosi
Da’voning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha –undiriladigan summadan kelib
chiqqan holda;
2) mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — mol-mulkning
qiymatidan kelib chiqqan holda;
3) ijro etish hujjatini yoki undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa
hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — nizolashilayotgan
summadan kelib chiqqan holda;
4) mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — shu mol-mulkning qiymatidan
kelib chiqqan holda;
5) yer uchastkasini talab qilib olish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha — yer uchastkasining
belgilangan bahosi bo‘yicha qiymatidan kelib chiqqan holda, bahosi mavjud bo‘lmaganda esa
bozor bahosiga ko‘ra.
Da’voning bahosiga da’vo arizasida ko‘rsatilgan neustoyka summalari ham kiritiladi.
Bir nechta mustaqil talabdan iborat da’voning bahosi barcha talablarning summasi bilan
aniqlanadi.
Da’voning bahosi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, baho sud tomonidan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi 180-son
“Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi Qarorining
4.1
,
4.2-bandlari
.
115-modda. Davlat bojini qaytarish
Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim.
Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar
ko‘rsatiladi.
Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan da’vo arizalari
(arizalar), apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha hamda davlat bojini to‘liq yoki qisman
qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlari bo‘yicha davlat bojini qaytarish sud tomonidan berilgan
ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi 180-son
“Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari
haqida”gi Qarorining
13-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |