O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ish yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

129-modda. Ish yuritish vaqtida manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida o‘z manzili o‘zgarganligi haqida sudga
xabar berishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ajrimning ko‘chirma nusxasi sudga
ma’lum bo‘lgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda bo‘lmasa ham yoki
yashamasa ham u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z telefon va faks raqamlarini, elektron manzilini sudga
ma’lum qilgan bo‘lsa, ularning ish yuritish vaqtida o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni yozma shaklda, shu
jumladan elektron hujjat tarzida xabardor qilishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
127

128-moddalari
.
16-bob. Yarashtirish tartib-taomillari
130-modda. Taraflarning kelishuvi
Sud taraflarning kelishuvi uchun choralar ko‘radi, ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning
barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
131 — 134-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi
 qarori
.
131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi
mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro
etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga
(maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi
mumkin.


Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 49-moddasining 
oltinchi qismi
, 50-moddasining 
birinchi qismi
, 63-
moddasining 
birinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
18.12.2009-yildagi 204-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashda protsessual qonun
normalarining qo‘llanilishiga oid ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
4-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling