136-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda, sudlovga tegishlilikning
umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan eri (pochta
manzili) yoki yashash joyi;
3) kreditorning qonunchilikka asoslangan talabi;
4) talabga asos bo‘lgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;
5) undiriladigan summaning hisob-kitobi, undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining
ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulkka qaratilgan taqdirda esa, undirilayotgan ko‘char mol-
mulkning tavsifi va to‘lanmagan to‘lovlar summasining hisob-kitobi;
6) undirilayotgan qarzdorlik vujudga kelgan davr;
7) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizada kreditorning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili
ko‘rsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 5-moddasining
birinchi
,
oltinchi qismlari
,
136 — 147-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining
3
,
4-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
05.12.2013-yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual
qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining
4-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |