O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

139-modda. Davlat boji
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo bilan umumiy tartibda murojaat
qilinganda nizolashilayotgan summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan stavkaning ellik
foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi to‘lagan
davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda da’vo taqdim etilganda to‘lanishi
lozim bo‘lgan davlat boji hisobiga o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
135

136

138-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarori 7-bandining 
birinchi xatboshisi

13

15

22-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
xo‘jalik sudi Plenumining 18.04.2008-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun
hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 180-sonli Qarori 2-bandining 
ikkinchi xatboshisi

4.7-
bandi
.
140-modda. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish
Sudya ushbu Kodeksning 
154-moddasida 
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek agar
bildirilgan talab ushbu Kodeksning
 135-moddasida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ini berish
to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Sudya arizani qabul qilishni rad etish haqida ushbu ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh
kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi)
mumkin.
Arizani qabul qilish bildirilgan talab ushbu Kodeksning 
135-moddasida 
nazarda tutilmaganligi
asosida rad etilganligi kreditorning ushbu talab bo‘yicha umumiy tartibda da’vo taqdim etish
imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
135 — 138

141

154-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining 
24-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling