O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
154-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sudya da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) nizo sudga taalluqli bo‘lmasa; LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2006-yil 27- yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi , 7-bandi . 2) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrimi yoxud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori yoki kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrimi bo‘lsa; 3) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining, arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa; 4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno; 4 ) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno; 5) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni ko‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno. 5 ) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan arbitraj muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim mavjud bo‘lsa, bundan arbitraj sudida ushbu nizoni ko‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli arbitraj muhokamasi tugatilganligi holati mustasno. Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, da’vo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan 1 1 kunda berilgan deb hisoblanadi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 148 — 153 , 155-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi , O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 18.12.2009-yildagi “Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 203- sonli qarorining 4-bandi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling