O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

156-modda. Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr
Ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi
hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining
hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi
dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, ishni sud
muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan
kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining
pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili (agar ular mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi.
Da’vo arizasi bo‘yicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini
tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148 — 155

170-moddalari
.
157-modda. Da’voning asosini yoki predmetini, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish,
da’vodan voz kechish
Da’vogar ishni birinchi instansiya sudida ko‘rish chog‘ida ishning mazmunan ko‘rilishi yakuni
bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’voning asosini yoki predmetini
o‘zgartirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoki kamaytirishga haqli.
Da’vogar ishni har qanday instansiya sudida ko‘rishda tegishli sud instansiyasida ishni ko‘rish
yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar da’vodan to‘liq yoki qisman voz
kechishga haqli.
Sud da’voning asosi va predmeti bir vaqtda o‘zgartirilishini qabul qilmaydi. Sud da’vodan voz
kechishni, da’vo talablari miqdorini kamaytirishni ham, agar bu qonunchilikka zid bo‘lsa yoki
boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa, qabul qilmaydi.
Bunday hollarda sud ishni mazmunan ko‘radi.
Da’voning asosini yoki predmetini o‘zgartirishni, da’vo talablari miqdorini ko‘paytirishni yoki
kamaytirishni, da’vogarning da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechishini qabul qilish haqida yoxud
qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
46-moddasi
, 49-moddasining
yettinchi

sakkizinchi qismlari
, 50-
moddasining 
ikkinchi
,
 uchinchi qismlari

63-moddasi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling