Da’vo arizasini
ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida
ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga u chiqarilganidan
keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
148 — 151
,
153 — 155-moddalari
.
153-modda. Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan da’vo arizasini
ish yuritishga qabul qilishi va ish qo‘zg‘atishi shart.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi
birinchi qismining
1
va
4-bandlarida
nazarda
tutilgan
talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini, agar da’vo arizasiga davlat bojini to‘lashni
kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki da’vogarda mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib
olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan
bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining
1
va
4-bandlarida
nazarda tutilgan
talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da’vo arizasini
ish yuritishga qabul qilish
to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
148 — 152
,
154
,
155-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: