O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

18-bob. Da’vo taqdim etish
148-modda. Ish qo‘zg‘atish asoslari
Sud:
1) manfaatdor shaxslarning arizalari bo‘yicha;
2) prokurorning arizasi bo‘yicha;
3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish
maqsadida qonun bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda, shu davlat
organlarining va boshqa shaxslarning arizalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atadi.
Agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish)
tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, faqat taraflar o‘zaro
munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan keyingina sudda ish
qo‘zg‘atilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
3

41

49

50-moddalari
.
149-modda. Da’vo arizasining shakli va mazmuni
Da’vo arizasi sudga yozma shaklda beriladi. U da’vogar yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi.
Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan eri
(pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, da’voning bahosi;
4) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar;
5) da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undirilayotgan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) da’vogarning qonunchilikka asoslab keltirgan talablari, da’vo bir nechta javobgarga
nisbatan taqdim etilganda esa ularning har biriga nisbatan talablar;


8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda
tutilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-
huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 
17

18-moddalari
.
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Da’vo arizasida da’vogarning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron
manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Da’vo arizasida, agar nizoni to‘g‘ri hal qilish uchun zarur bo‘lsa, boshqa ma’lumotlar,
shuningdek da’vogardagi mavjud iltimosnomalar ko‘rsatiladi.
Da’vogar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talabni bitta da’vo arizasiga birlashtirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
148

150 — 161-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling