144-modda. Sud buyrug‘i berishni rad etish
Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berishni rad etadi, agar:
1) qarzdor bildirilgan talabga qarshi e’tiroz taqdim qilgan bo‘lsa;
2) huquq to‘g‘risidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb
hisoblansa.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest
keltirilishi) mumkin.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish o‘sha talabni da’vo tartibida taqdim etish imkoniyatiga
to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
135
,
138
,
140
,
142
,
143-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 03.02.2006-
yildagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari
to‘g‘risida”gi 4-sonli Qarorining
14-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 05.12.2013-
yildagi “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 254-sonli Qarorining
13
,
15.1-bandlari
.
145-modda. Sud buyrug‘ining mazmuni
Sud buyrug‘ida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) sudning nomi, joylashgan eri va buyruq berilgan sana;
2) ishning raqami, sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
3) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan eri
(pochta manzili) yoki yashash joyi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning
rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
4) undirilishi lozim bo‘lgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan,
qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan ko‘char mol-mulk, uning tavsifi
va bahosi;
5) undirilayotgan qarz hosil bo‘lgan davr;
6) neustoyka, agar u to‘lanishi lozim bo‘lsa va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa;
7) undirilishi lozim bo‘lgan davlat bojining va pochta xarajatlarining summasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
135
,
138
,
140
,
142
,
144-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |