O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 165-modda. Sud majlisi
20-bob. Sud muhokamasi
164-modda. Sud muhokamasining muddati Sud muhokamasi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda tugallanishi kerak. Alohida hollarda, sud muhokamasining muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 119 — 124 , 162 , 163 , 165 — 175-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 283-sonli qarorining 13-bandi . 165-modda. Sud majlisi Ish muhokamasi sud majlisida amalga oshiriladi. Sudning majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Ish bo‘yicha birinchi sud majlisi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini o‘tkazishda protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2 , 3 va 7- bandlari . Sud tashabbusiga ko‘ra yoki iqtisodiy sud ishlari ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilishi mumkin. Majlisda raislik qiluvchi sudya: 1) sud majlisini ochadi va qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi; 2) iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari majlisga kelgan-kelmaganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilingan-qilinmaganligini hamda ularning kelmaganligi sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini tekshiradi; LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 61 — 64 , 127 , 128-moddalari . 3) sud tarkibini e’lon qiladi, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini ma’lum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi; LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 20 — 24-moddalari . 4) kelgan guvohlarni majlis zalidan so‘roq qilish boshlanguniga qadar chiqarib yuboradi; LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 53 , 54-moddalari . 5) sud protsessi ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi; LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 41 , 42-moddalari . 6) tarjimonni bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun, guvohni bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi; LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 54 , 56 , 58 , 60-moddalari . 7) dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi; LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 66 , 70 , 168-moddalari . 8) ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini ta’minlab, majlisga rahbarlik qiladi; 9) majlisda tegishli tartibni ta’minlash choralarini ko‘radi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari va sud majlisi zalida hozir bo‘lganlar yozma qaydlar qilish, stenogramma yuritish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisining fototasviriga, videoyozuviga, shuningdek radio va televideniye orqali translatsiya qilinishiga ishni ko‘rayotgan sudning ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 164 , 166 — 169-moddalari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling