O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

163 -modda. Sudgacha majlis
Sudgacha majlis o‘tkazish chog‘ida sudya:
1) da’vogarni o‘zi arz qilgan talablarning mohiyati bo‘yicha so‘roq qiladi, undan javobgar
bildirishi mumkin bo‘lgan e’tirozlarni aniqlaydi va, agar bu zarur bo‘lsa, da’vogarga qo‘shimcha
dalillar taqdim etishni taklif qiladi, shuningdek arz qilingan talablaridan voz kechish huquqini
hamda voz kechishning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
2) ishning holatlari bo‘yicha javobgarni so‘roq qiladi, da’vogarning talablariga qarshi uning
qanday e’tirozlari borligini va bu e’tirozlar qanday dalillar bilan tasdiqlanishi mumkinligini aniqlaydi,
shuningdek javobgarga da’vogarning talablarini tan olish yoxud qarshi talablar qo‘zg‘atish huquqini
tushuntiradi, javobgarga ish yuzasidan yozma tushuntirishlar taqdim etishni taklif qiladi.
Javobgarning yozma tushuntirishlarni va dalillarni taqdim etmaganligi, shuningdek sud majlisiga
kelmaganligi ishni ishdagi mavjud dalillar bo‘yicha ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi;
3) taraflardan kelishuv bitimini tuzish ehtimolini yoki nizoni hal qilishning muqobil usullari
ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
4) ishning murakkabligini hisobga olgan holda sud muhokamasining prognoz qilinayotgan,
shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan iltimosnomalar va hujjatlarni sudga
topshirish, guvohlar mavjud bo‘lganda ularning ro‘yxatlarini almashish muddatlarini nazarda
tutuvchi jadvalini aniqlaydi;
1


5) sud majlisida hozir bo‘lgan taraflar va boshqa manfaatdor shaxslardan ular o‘rtasida ushbu
ishning sudga taalluqliligi masalasi bo‘yicha kelishuv, ushbu Kodeksning 
163-moddasida 
nazarda
tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish zaruriyati mavjudligini aniqlaydi.
Sudgacha majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida taraflar va boshqa manfaatdor shaxslar xabardor
qilinganlik faktini qayd etishni ta’minlaydigan sud chaqiruv qog‘ozlari, buyurtma xatlar,
telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi.
Sudgacha majlis o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
sudgacha majlis o‘tkazilgan yil, oy, sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis
kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining
bosh harflari; taraflar, boshqa manfaatdor shaxslar haqidagi va ularga protsessual huquq va
majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; taraflar tomonidan berilgan
tushuntirishlar.
Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeks 163-moddasining 
birinchi 
va 
ikkinchi
qismlarida 
ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda sudgacha majlis bayonnomasi
tuzilmaydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, sudgacha majlisda ish
yuritish to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi, da’vo arizasi ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling