O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Hal qiluv qarorini tuzish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 179-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
178-modda. Hal qiluv qarorini tuzish
Hal qiluv qarori sudya tomonidan yozma shaklda tuziladi va u tomonidan imzolanadi. Hal qiluv qarori bir nusxada tuziladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 , 177 , 179-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 4 — 8-bandlari . 179-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi, sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; nizo predmeti; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning bildirilgan talablari va e’tirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni bo‘lishi kerak. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida: ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari; sudning ish holatlari to‘g‘risidagi xulosalari asoslangan dalillar; sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari; hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligining asoslari ko‘rsatilishi kerak. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar ko‘rsatilishi mumkin. Hal qiluv qarorining xulosa qismida bildirilgan talablardan har birini to‘liq yoki qisman qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi xulosalar bo‘lishi kerak. Agar hal qiluv qarorini ijro etish tartibini sud belgilagan yoki uning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rgan bo‘lsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi ko‘rsatiladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 178-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 5 — 7-bandlari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling