O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal etiladigan masalalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

177-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal etiladigan masalalar
Hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida sud:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o‘z talablari va e’tirozlarini asoslantirish uchun keltirgan
dalillari va vajlariga baho beradi;
2) ish uchun ahamiyatli qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini
belgilaydi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonunchilik hujjatlarini ushbu ish
bo‘yicha qo‘llash mumkin emasligini hal qiladi;
4) ushbu ish bo‘yicha qaysi qonunchilik hujjatlarini qo‘llash zarurligini aniqlaydi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi;
6) da’voni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi.
Zarurat bo‘lgan hollarda, sud hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash, hal qiluv qarorini ijro
etishning tartibi va muddatini belgilash, ashyoviy dalillarning keyingi taqdirini belgilash, sud
xarajatlarini taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni va boshqa masalalarni hal qiladi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qo‘shimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatli
holatlarni aniqlash zarur deb tan olib, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim
chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar
doirasida olib boriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 11-moddasining 
beshinchi qismi
, 167-moddasining 
beshinchi qismi
,
 178

179-
moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 
4 — 8-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan
fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi
qarori 18-bandining 
ikkinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling