O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-bob. Sud ajrimi va qarori 195-modda. Ajrim chiqarish
- 196-modda. Ajrimning mazmuni
- 197-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish
194-modda. Hal qiluv qarorini ijroga qaratish
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, ushbu Kodeksning V bo‘limida nazarda tutilgan tartibda ijroga qaratiladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179 , 192 — 194 , 334 — 347-moddalari , O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni . 22-bob. Sud ajrimi va qarori 195-modda. Ajrim chiqarish Sud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda ajrim chiqaradi. Ushbu Kodeksda to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, sudning ajrimi alohida sud hujjati tarzida chiqariladi. Uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni hal qilishda sud joyida ajrim chiqarishi mumkin. Bunday ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va unda u qaysi masala yuzasidan chiqarilgani, sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa ko‘rsatiladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 5-moddasi , 11-moddasining to‘rtinchi qismi , 23-moddasining yettinchi qismi , 39-moddasining uchinchi qismi , 44-moddasining yettinchi qismi , 45-moddasining uchinchi qismi , 46-moddasining uchinchi qismi , 57-moddasining ikkinchi qismi , 69-moddasining to‘rtinchi qismi , 70- moddasining ikkinchi qismi , 79-moddasining uchinchi qismi , 106-moddasining birinchi qismi , 108- moddasining birinchi qismi , 111-moddasi , 123-moddasining ikkinchi qismi , 126-moddasining uchinchi qismi , 134-moddasining ikkinchi qismi , 144-moddasining ikkinchi qismi , 158-moddasining uchinchi qismi , 159- moddasining uchinchi qismi , 162-moddasi , 171-moddasining to‘rtinchi qismi , 196 — 200-moddalari . 196-modda. Ajrimning mazmuni Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami; 3) ajrim chiqarilayotgan masala; 4) sud o‘z xulosalarini chiqarishiga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonunchilik hujjatlari; 5) ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha xulosa; 6) agar qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati. Sud majlisida chiqarilgan ajrim chiqarilganidan keyin raislik qiluvchi tomonidan shu sud majlisining o‘zida darhol o‘qib eshittiriladi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 5-moddasi , 195 , 197 — 200-moddalari . 197-modda. Ajrimning ko‘chirma nusxalarini yuborish Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron tarzida yuborilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeks 99-moddasining to‘rtinchi qismi , 106-moddasining ikkinchi qismi , 108- moddasining uchinchi qismi , 111-moddasining ikkinchi qismi , 126-moddasining to‘rtinchi qismi , 128- moddasining birinchi qismi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling