O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

4-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi
192-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Hal qiluv qarori, agar uning ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest
keltirilmagan) bo‘lsa, u qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddat o‘tgach, qonuniy kuchga
kiradi. Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan
bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
 LexUZ sharhi


Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

186
,
 187

190-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 
9-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud
hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
2-bandi
.
193-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun
asosi bo‘lgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida ariza berishi mumkin.
Arizada ijrosi ta’minlanishi zarur bo‘lgan hal qiluv qarori va uni ta’minlash to‘g‘risida iltimos
bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning
 96-moddasida
nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179

192

194-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling