O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

188-modda. Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini yuborish
Hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini sud topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma
xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori e’lon qilingan kundan e’tiboran besh
kundan kechiktirmasdan yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron manzillari
mavjud bo‘lgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, sud hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxalarini
boshqa shaxslarga ham yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176— 179-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 21.2-bandining
 ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari
.
189-modda. Qo‘shimcha hal qiluv qarori
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul
qiladi, agar:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori
qabul qilinmagan bo‘lsa;
2) sud huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi
lozim bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan
bo‘lsa;
3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala hal qiluv qarori qonuniy kuchga
kirguniga qadar qo‘yilishi mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning
tashabbusiga ko‘ra qabul qilinishi mumkin.
Sud tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masala mazkur bobda
belgilangan qoidalar bo‘yicha sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud
majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 
127-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda
xabardor qilinadi. Tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qo‘shimcha hal qiluv
qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan asosiy hal qiluv qarori bilan birga shikoyat qilinishi
(protest keltirilishi) mumkin.
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish rad etilgan taqdirda, ajrim chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
176 — 179-moddalari
.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil
15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 
13-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan
protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 
22-
bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling