O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 191-modda. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
190-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lgan taqdirda, ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirishga haqlidir. Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini, sudning hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko‘riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Hal qiluv qarorini tushuntirish haqida yoki tushuntirishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179 , 191-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi . 191-modda. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yo‘l qo‘yilgan xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni yozuvning mazmunini o‘zgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha tuzatishga haqlidir. Yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko‘riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Yozuvdagi yo‘l qo‘yilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi ariza u berilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to‘g‘risidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeksning 176 — 179 , 190-moddalari . LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling