203 -modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv
qarori
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu
Kodeksning
21-bobida
nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, ushbu bobda belgilangan
xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar
apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy
kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori sud
tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks
V bo‘limining
qoidalariga binoan
majburiy ijro etilishi lozim.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan
bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
24-bob. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
204-modda. Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksda
belgilangan da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda nazarda tutilgan
xususiyatlar e’tiborga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritish ushbu
Kodeksning
206-moddasida
ko‘rsatilgan manfaatdor shaxslarning arizalari asosida qo‘zg‘atiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 25-moddasi birinchi qismining
2-bandi
,
35-moddasi
, 107-moddasi birinchi
qismining
7-bandi
,
205 — 209-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.12.1991-
yildagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
to‘g‘risida”gi 5-sonli
qarori
.
Do'stlaringiz bilan baham: |