O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

218-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi va arizachi
yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etayotgan shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) hamda ularning
joylashgan eri (pochta manzili) va yashash joyi;
3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) bildirilgan talabga asos bo‘lgan holatlar;
5) bildirilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) yuridik shaxsning yoki fuqaroning sudga murojaat qilishga asos bo‘lgan harakatlari
(harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
7) arizachining talabi;


8) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizada arizachining yoki uning vakilining
telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Qonunchilikka muvofiq huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizada boshqa
ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 
219-moddasida 
nazarda tutilgan talablarni
buzgan holda berilgan huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 
155-
moddasida 
nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
215 — 217

219 — 222-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling