Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksda
belgilangan tartibda xabardor qiladi. Bunda sud arizachining zimmasiga javobgarni sud majlisining
vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyatini yuklashga haqli. Sud
majlisining vaqti va joyi
to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur
shaxslarning kelmaganligi,
agar sud ularning
kelishini majburiy deb topmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud protsessining boshqa ishtirokchilari ushbu Kodeksda belgilangan
tartibda xabardor
qilinadi va sudga chaqiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
127
,
128
,
215 — 219
,
221
,
222-moddalari
.
221-modda. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud muhokamasi
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ishni
sud muhokamasiga tayyorlash
to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib
chiqilishi kerak, bundan ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan so‘ng ko‘riladigan
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar mustasno.
Sud huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda sud majlisida:
huquqbuzarlik hodisasi bo‘lgan-bo‘lmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun
va tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish
uchun asoslar va nazorat
qiluvchi organning vakolatlari bor-yo‘qligini; mazkur huquqbuzarlikni
sodir etganlik uchun
qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash
uchun asoslar bor-yo‘qligini aniqlaydi.
Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda
sud moliyaviy
sanksiyalar summasining hisob-kitobi qanchalik to‘g‘riligini ham tekshiradi.
Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv
tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
164 — 175
,
215 — 219
,
221
,
222-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: