28-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
223-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv
qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida iqtisodiy sudga hakamlik
sudining hal qiluv qarorini bekor qilish haqida ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining iqtisodiy sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari
va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb
qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi nizo bo‘yicha ish
yuritish iqtisodiy sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi
bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
29-moddasi
, 37-moddasining
uchinchi
,
to‘rtinchi qismlari
,
224 — 227-
moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil
15-iyundagi 238-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda
qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining
birinchi xatboshisi
,
6-
bandi
, 12-bandining
birinchi — to‘rtinchi
,
yettinchi xatboshilari
.
224-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning
Do'stlaringiz bilan baham: |