202-modda. Bayonnoma yuritish
Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining o‘zida yoki alohida protsessual
harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi.
Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat bajarilganidan so‘ng
uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 4-moddasining
to‘rtinchi qismi
, 52-moddasining
birinchi qismi
, 70-
moddasining
beshinchi
,
oltinchi qismlari
, 172-moddasining
ikkinchi qismi
, 174-moddasining
birinchi qismi
,
195-moddasining
uchinchi qismi
,
201
,
203-moddalari
.
203-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga
va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo‘l
qo‘yilgan xatoliklarni yoki undagi ma’lumotlarning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda yozma fikr-
mulohazalar berishga haqli.
Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va ushbu fikr-
mulohazalarga qo‘shilsa, ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga
qo‘shib qo‘yadi.
Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida
ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq ularning
kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik
qilmaydi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan
yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda
yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari bilan
tanishish huquqiga ega.
Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlarining ko‘chirma nusxalari iqtisodiy sud ishlarini
yuritish ishtirokchilariga ishni ko‘rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
201
,
202-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |