O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy protsessual kodeksi
23-bob. Sud bayonnomasi
201-modda. Bayonnoma Sud majlisida, shuningdek sud majlisi zalidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: 1) sud majlisi o‘tkazilgan yil, oy, sana va joy; 2) ishni ko‘rayotgan sudning nomi, sud tarkibi va sud majlisining kotibi; 3) ishning nomi va raqami; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va sud protsessining boshqa ishtirokchilari kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 5) sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 6) sud tomonidan alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan joyida chiqarilgan ajrimlar; 7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning og‘zaki arzlari va iltimosnomalari; 8) ishni ko‘rishda sudga taqdim etilgan barcha yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari haqidagi ma’lumotlar; 9) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalarini og‘zaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlari, ashyoviy va yozma dalillarning ko‘zdan kechirilganligi, olib qo‘yilganligi, sxemalar tuzilganligi, video- va fototasvirga olinganligi haqidagi ma’lumotlar; 10) alohida protsessual harakatlar bajarilganda olingan ma’lumotlar; 11) sud muzokaralarining mazmuni va prokurorning fikri; 12) sudning hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori o‘qib eshittirilganligi haqidagi ma’lumotlar. Sud majlisi bayonnomasida boshqa ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4 , 6 — 8 , 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak: sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashgan sudning nomi haqidagi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashgan, ishni ko‘rayotgan sudga kelgan sud protsessining boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi; sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishga ko‘maklashgan sudning hamda ishni ko‘rayotgan sudning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xodimlari haqidagi. LexUZ sharhi Qarang: Mazkur Kodeks 4-moddasining to‘rtinchi qismi , 52-moddasining birinchi qismi , 64- moddasining ikkinchi , uchinchi qismlari , 87-moddasining ikkinchi qismi , 195-moddasining uchinchi qismi , 202-203-moddalari . Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling